Bugungi kunda suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish uchun mavjud suv bilan bog‘liq infrastrukturani masofadan boshqarish va avtomatlashtirish zamonning eng asosiy talablaridan hisoblanadi. Shu maqsadda 30.01.2020 yilda Hindistonning Sharda universiteti doktorlari Puja va Ahmad Ismoillar institutimizning “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasiga tashrif buyurishdi. Tashrifning asosiy maqsadi O‘zbekistonning ayrim suv omborlarida tajriba tariqasida boshqarish usullarini avtomatlashtirish masalasi kafedra professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda olib borish bo‘ldi. Hamkorlikning dastlabki bosqichi muvaffaqiyatli o‘tdi.
"Gidrologiya va gidrogeologiya"kafedrasi assistenti S.Qodirov axboroti
Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov