2021 yil 27 yanvar kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali "Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash" fakulteti dekani o‘rinbosarlari S.Ochilov va J.Shonazarov hamda "Geodeziya va geoinformatika" ta’lim yo‘nalishi 110-111-guruh talabalari Qarshi shahrida joylashgan Abu Ubayda ibn al-Jarroh yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida dekan o‘rinbosarlari talabalarga Abu Ubayda ibn al-Jarroh yodgorlik majmuasi to‘g‘risida ma’lumotlar berishdi. Xo‘ja jarroh yodgorlik majmuasi — Qarshi shahridagi me’moriy yodgorlik (14-asr). Sohibqiron Amir Temur 14-asr oxirlarida Shom yerlarini zabt etgan paytda ulug‘ sahobalardan biri Abu Ubayda Omir ibn al Jarroh qabri xokidan keltirib Qarshi shahrida dafn ettirgan va u yerga maqbara qurdirgan. Aamir ibn Abdulloh ibn al-Jarroh (583-638) ko‘proq Abu-Ubaydah ibn al-Jarrah nomi bilan tanilgan bu inson Payg‘ambarimizning buyuk izdoshlaridan biri edi. Umar r.a Halifaligi zamonida Musulmon qo‘shinining katta qismida qo‘mondon sifatida ish olib borgan. Umar r.a tomonidan o‘zidan keyin Xalifalik lavozimiga tavsiya etilganlardan biri hisoblanadi.
TIQXMMI matbuot xizmati