"Shaxs psixologiyasi va kasbiy shakilanish" mavzusida Yer resurslarini boshqarish fakultetining 2 - bosqich 2-11, 2-12 va 2-13 guruhlari o‘rtasida «Professional ta’lim va jismoniy madaniyat» kafedrasi dotsenti D.Muqumova raxbarligida seminar - trening o‘tkazildi. Seminar – treningdan asosiy maqsad, talabalarning krуativ tafakkurini rivojlantirish, boshqaruv sohasidagi bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda insonlardagi oddiy psixologik jarayonlarning taxlili tasavvurlar orqali idrok qilinishini o‘rgatish, shuningdek shaxs psixologiyasinini yorqin tomonlarini rolli obrazlar orqali tushuntirishdir.
Ustozlarga bo‘lgan ishonch va ehtirom talabalar ruhiyatida va ularning ishlarida yaqqol namoyon bo‘ldi. Musobaqa doirasida talabalar erkin ijodkorligini namoyish etdilar. Talim olish ishtiyoqi yuqori talabalarning javoblarini tinglash orqali ularning kasbga bo‘lgan umumiy tasavurlari aniqlandi.
“PTvaJM” kafedrasi axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati