Guruh murabbiylari ijaradagi talabalar xonadonida

“Yer resurslarini boshqarish” fakultetida faoliyat olib borayotgan guruh murabbiylar, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy holati, darsdan keyin boʻsh vaqtlarini qay tartibda tashkil etilganligi va yashash ahvolini muntazam oʻrganish va kerakli amaliy yordam berish maqsadida ijarada yashayotgan talabalar xonadonlariga borishdi.

Har bir guruh murabbiylari oʻzlariga biriktirilgan guruhidagi ijarada istiqomat qilayotgan talabalar xonasiga borib, xususan, dam olish, ovqatlanish, dars tayyorlash uchun sharoitlarning mavjud yoki yoʻqligini nazoratdan oʻtkazdilar va aksincha sharoit mavjud boʻlmagan talabalarga amaliy yordam berdilar. Belgilangan vazifalar boʻyicha har chorak muntazam oʻrganish uchun xonadon sohibi bilan kelishib olindi.

YERB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov