OIV muammosi jamiyat, millat ravnaqiga jiddiy putur yetkazuvchi boʻlib, hozirgi dunyo davlatlarini tashvishga solib kelmoqda. Dunyoda milionlab insonlar hayotdan bevaqt koʻz yummoqda. Bu jirkanch kasallik bilan kasallanganlarning tuzalishi juda ham qiyin. Ushbu kasallikni yoshlarga, yaʼni oʻsib kelayotgan talaba yoshlarimiz sogʻligiga taʼsiri yuzasidan tushuncha berish uchun Toshkent shahar SPID markazi shifokori D.M.Ermatova “Yer resurslarini boshqarish” fakultetiga tashrif buyurdi.
U oʻz maʼruzasi bilan talaba yoshlarga OIV infeksiyasi profilaktikasi toʻgʻrisida hamda giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari haqida daliliy misollar keltirib, talabalarga toʻliq tushunarli darajada videoroliklar orqali maʼlumotlar berishdi. Tadbir soʻngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tushunarli va ogohlikka daʼvat etgan holda javob berdilar.
YERB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov