Alohida muhofaza etiladigan hududlar tushinchasi

Ilmiy-texnika rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida keskin oʻzgarib borayotgan atrof muhit, ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda, inson uni hayotiga, turmush tarziga hamda genetik fondiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Bu esa hozir yer yuzida yashab turganlargagina emas, balki kelgusi avlodlar salomatligiga, ayniqsa yer suv atmosfera havosi, oʻsimlik dunyosi, tabiat va tarixiy yodgorliklarning holatiga ham salbiy taʼsir qilmoqda.

Shu mavzuda doir boʻlgan bugun “Alohida muhofaza etiladigan hududlar tushinchasi” mavzusida “Yerdan foydalanish” kafedrasi katta oʻqituvchisi Muqumov Abdugʻani Muratovich Ochiq maʼruza oʻqidi. Maʼruza avvalida oʻqituvchi ushbu masalaga tegishli qator qonun xujjatlari haqida talabalarga tushinchalar berib, soʻng mavzuni toʻliq yoritib berdi. Maʼruzada kafedra-professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

Oʻquv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti