Koreyalik olimning ma’ruzasi

Chet el oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda institutimizda talim sifatini yanada yaxshilash va institut reytingini xalqaro miqyosda oshirish maqsadida, 2019 yil 29 - may kuni “Elektr energetikasi (suv xo‘jaligida)” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 209, 210, 210 A va 211 - guruh talabalariga Koreyalik olim Kim Oun Seok “Renewable energy and battery storage systems” mavzusidagi ma’ruza o‘qidi.

Ushbu ma’ruzani tashkil etishdan maqsad, talabalarga Qayta tiklanuvchan energiya manbalari sohasini yanada rivojlantirishda Koreya respublikasi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berish, shuningdek, t.f.d. prof. Kim Oun Seokning ushbu sohada olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan talabalarni yaqindan tanishtirish edi.

Ma’ruza davomida Kim Oun Seok “Qayta tiklanuvchan energiya manbalari” sohasini respublikamizda rivojlantirish yo‘llari to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi hamda ushbu sohada o‘zi olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari va olingan natijalar bo‘yicha talabalarga ma’lumotlar berdi. Ma’ruza davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘laqonli javob olishdi.

ET va QTEM kafedrasi mudiri D.B. Qodirov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov