“Joriy yilning 28-may kuni 3-TTJda KXM, YeRB, SXTEB fakulteti 1-kurs talaba qizlari va institut psixologi M. Muxamedova bilan “Siz qanday suhbatdoshsiz” mavzuida davra suhbati va trening tashkil etildi. Bu davra suhbatini tashkil etishdan maqsad: talabalarda muloqotmandlik malakasini va madaniyatini oshirishdan iborat. Tadbir ishtirokchilaridan “Siz qanday suhbatdoshsiz?” mavzusida so'rovnoma olindi. Chiqqan natijaga qarab ishtirokchilarga tegishli maslahatlar berildi. Xalqimizda: “O'ynab gapirsang ham o'ylab gapir”,“Qopib gapirsang ham topib gapir”kabi maqollar va muammoli vaziyatlar savol – javob tarzida muhokama qilindi. Davra suhbatida ko'pchilik odamlar bir-birlarini to'g'ri tushunmaganliklari sababli, muloqotda to'siq, ya'ni shaxslararo munosabatning buzilishi kuzatilishi, va hamma odamlar ham yoshligidan boshqa odamlarning emotsional holatlarini his qilish, ular bilan hisoblashish, tushunishga o'rgatilavermasligi, shuning uchun ham ko'pchilik holatlarda, hatto eng yaqin odamlar ham bir-biriga noxushliklarni keltirib chiqarishi mumkinligi va albatta, bunday holat bir-biriga yomonlik va yovuzlik qilish niyatida emas, balki, shunchaki bir-birini tushunmaganliklari uchun sodir etilishi haqida fikrlar yuritildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga yuksak ongli, madaniyatli shaxsgina boshqalarni to'g'ri tushunishi va muloqot jarayonini to'g'ri tashkil etishi mumkin ekanligi, muloqot davomida suhbatdoshning tashqi qiyofasi, kiyinishi, o'zini tutishi,hissiy holati, ovozi muloqot davomida suhbatdoshga juda ko'p ma'lumot berishi va suhbat davomida yaxshi tinglashni bilish ham, insonning qanday suhbatdosh ekanligini belgilashi haqida tushuncha berib o'tildi.
Tadbir qatnashchilari “O'zingni anglamasdan turib, o'zgalarni tushuna olmaysan”, degan naqlga amal qilgan holda, inson o'zining qanday inson ekanligini, fe'l-atvori qay darajada shakllanganligini, atrofdagi odamlar bilan o'zaro munosabatlarida yaqqol ko'rinishi haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lishdi. Tadbirda YERB fakultet yoshlar bilan ishlash dekan o'rinbosari H Eshova, 3 – TTJ tarbiyachi pedagogi A. Xayitova va 3 – TTJ kutubxona xodimi M. Nazarovalar ham faol qatnashishdi. Tadbir ishtirokchilari tadbirdan o'zlariga tegishli maslahatlar olishdi vap xulosalar chiqarishdi.
Institut psixologi Muhayyo Muxamedova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati