“Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalarining TIQXMMI “O‘quv-ilmiy markazida” o‘tkazilgan “Melioratsiya va qurilish mashinalarini boshqarish” amaliyoti davrida yoshlarimizning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish hamda sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, shashka, voleybol, 100 metrga yurugish, armwrestling kabi sport musobaqalari o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra, Spartakiadaning voleybol turi bo‘yicha, 1-o‘rin 203- guruh talabalari, 2-o‘rin 202 - guruh talabalari, 3-o‘rin 207 -guruh talabalari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. 100 metrga yugurish turi bo‘yicha 1-o‘rin 203 guruh talabasi Sulaymonov Sharifjon, 2-o‘rin 202 -guruh talabasi Raximov Muhammadjon, 3-o‘rin 204-guruh talabasi Umarov Rustambek hamda Armwrestling turi bo‘yicha 1-o‘rin 207- guruh talabasi Akbaraliev Azimjon, 2-o‘rin 203- guruh talabasi Olimov Shaxzod, 3-o‘rin 205- guruh talabasi Muxtorov Jasurbek musobaqa g‘olibiga aylanishdi. Qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan Spartakiadaning shashka turi bo‘yicha 1-o‘rin 202- guruh talabasi Qurbonova Shaxlo, 2-o‘rin 201-guruh talabasi Hamidova Gavhar, 3-o‘rin 201-guruh talabasi Nurmatova Dilnoza g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. GIM fakulteti dekani B.Norov tomonidan o‘ndan ortiq talabalarimiz amaliyot davrida faol ishtiroki hamda kitobxonligi uchun faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Spartakiadada o‘rin egallagan talabalarimizga institutimiz Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Q.Shavazov tasdiqlagan darajali diplomlar berildi. Yuqorida beshta tashabbus doirasida o‘tkazilgan kitobxonlik hamda sport musobaqalari amaliyotda qatnashgan barcha talabalarni qamrab oldi.
“Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi Xolova Sarvinoz axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov