Kuni kecha Respublikamizda iyun oyini "Yoshlar oyligi" deb e'lon qilindi. Yoshlarni ma'naviyatini yuksaltirish va ularni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha Respublikamizda beshta tashabbus bo‘yicha yoshlar o'rtasida katta tadbirlar tashkil etilmoqda. Shu maqsadda Institutimizning ilmiy o'quv markazida "Yer resurslarni boshqarish" fakulteti 2 kurs talabalari Geodeziya fanidan o'quv amaliyoti paytida yoshlarni sportga jalb qilish maqsadida ertalabki badan tarbiya mashg'ulotlari va sport musobaqalari tashkil etildi. Unda institutimizning jismoniy tarbiya kafedrasi o'qituvchilari hamda fakultet professor o'qituvchilari ham ishtirok etishdi.
“ Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi o'qituvchisi O'tkir Islomov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov