O'zbekiston Respublikasi Yoshlar masalalari bo'yicha Respublika idoralararo kengashi yig'ilishida belgilangan vazifalar hamda O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan berilgan topshiriqlar asosida O'zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent shahrida joylashgan oliy ta'lim muassasalaridagi boshlang'ich tashkilotlariga Yoshlar yetakchilarini (Bosh menejer) ta'yinlash bo'yicha suhbatlar Toshkent Shahar Yoshlar markazida o'tkazildi.
Suhbat komissiyasi xulosalarini o'qib eshittirish hamda oliy ta'lim muassasalariga Yoshlar yetakchilarini ta'yinlashning birinchi kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani oliy ta'lim muassasalarida o'tkazildi. Ana shunday umumiy yig'ilishlardan biri Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida 2019-yil 03-oktyabr kuni tashkil o'tkazildi. Umumiy yig'ilishga O'zbekiston Yoshlar ittifoqining Toshkent Shahar Kengashi raisi Rahimova Durdona Shukurullayevna, Toshkent shahar kengashi bo'lim mudirlari, Mirzo Ulug'bek Tuman Kengashi raisi Nodir Shukurov, Tuman kengashi mutaxassisi Sardor Obidov tashrif buyurishdi. Boshlang'ich tashkilot umumiy yig'ilishida institut yoshlar ittifoqi faollari, Yoshlar Kengashi a'zolari, fakultet yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.
Umumiy yig'ilishni institut Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektori, ustoz R.K. Choriyev ochib berdi hamda bugungi kunda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, hamkorlik masalalari, institutda yoshlar tashkilotining o'rni qanday bo'lishi kerakligini ta'kidlab o'tib, institut yoshlarini faol, tashabbuskor bo'lishga chaqirdi va so'zni Toshkent shahar Kengashi raisiga berdi. Toshkent Shahar Kengashi raisi D.Rahimova so'zga chiqib, institut yoshlariga samimiy gaplarini aytdi, talabalarning o'qish va ishlarida omadlar tiladi va yig'ilganlarga 2019-oktyabr oyidan O'zbekiston yoshlar ittifoqi nizomida belgilangan muddatga qadar, Toshkent shahar Kengashi qaroriga asosida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari Yoshlar Yetakchisi(Bosh menejeri) lavozimiga Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish magistratura mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Berdimurodov Akmaljon Azamat o'g'li tayinlandi hamda Ishonch Yorlig'i topshirildi.
Shuningdek, yig'ilishda Mirzo Ulug'bek tumani Kengashi raisi N.Shukurov so'zga chiqib, o'z fikr va mulohazalarini bildirib o'tdi. Talabalar va magistrantlar orasidan faol va iqtidorli magistrant Dilmurod Akbarov so'zga chiqib, tashrif buyurgan mehmonlarga institut yoshlari nomidan minnatdorchilik bildirdi hamda bundan keyin ham faollik davomiy bo'lishini ta'kidlab o'tdi. Albatta, bu katta e'tibordan boshlang'ich tashkilot faollari mamnun. Chunki, yoshlar tashkilotining eng yuqori bo'g'inida turuvchi vakillari quyi tizimga tushib, kelib, tashrif buyurib, e'tibor bilan yondashib yoshlar orasida bo'lishi bu albatta keyingi rejalarning amalga oshishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov