TIQXMMI ma’ruzalar zalida 2019 yil 4 oktyabr kuni soat 10:00da “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi” ta’lim yo‘nalishi 3-4 kurs talabalari uchun “Kasbga yo‘naltirish-sohaga oid o‘zgarishlar va islohotlar” mavzusida Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Azizjon Kalimbetov, Davlat inspektori Maxmudbek Zaynutdinov, Kadrlar bo‘limi boshlig‘i Barno Ergasheva ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut dotsenti Rahimboy Jumaniyozov olib bordi.
Davra suhbati davomida mutaxassislar tomonidan Ekologiya va atrof muhit muhofazasi sohasiga oid so‘ngi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonunlar va me’yoriy hujjatlar, sohaning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni, insonlarning tabiatga va atrof muhitga bo‘lgan munosabatlarining salbiy va yechimini kutayotgan muammolarning mazmun-mohiyatiga doir ma’lumotlar va yangiliklar xususida fikr almashildi. Shuningdek, yosh ekologlarning kasb sir-asrorlarini qunt bilan o‘rganishlari, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirib borishlari bo‘yicha tavsiyalar hamda bitiruvchilarni ishga joylashish borasida yo‘l-yo‘riqlar va maslahatlar berildi. Davra suhbati qizg‘in savol-javoblar va munozaralar asosida o‘tdi.
“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev.
Institut matbuot xizmati rahbari Raximboy Jumaniyozov