Axborot-resurs markazida "Axborot va kutubxonashunoslik - bibliografiya asoslari" kursi

Oliy ta'lim jamiyat faoliyatining asosiy axborotlashtirilgan  bo’ginlaridan biri hisoblanadi, bu esa o’z navbatida oliy o’quv yurti Axborot - resurs markazining kadrlar tayyorlashda axborot ta'minotidagi rolini aniqlashni talab qiladi. Ta'lim tizimida markazning roli barcha axborot oqimlari chambarchas bog’langan kutubxonaga taalluqlidir. Shu munosabat bilan TIQXMMI ARM xodimlari 1 - kurs talabalariga "Axborot va kutubxonashunoslik - bibliografiya asoslari" kursi bo’yicha mashg'ulotlar o’tishni  boshladilar. Bugungi talabalar – kelajakda suv va qishloq xo’jaligining mutaxassislaridir, ular o’quv jarayoni davomida va jamoat ishlarida doimiy ravishda ulkan axborot oqimlariga duch keladilar.  Ushbu o’quv kursining asosiy maqsadi – foydalanuvchi talabalarga ARM fondida mavjud adabiyotlarning kerakligini mustaqil qidirish va tanlash ko’nikmalarini o’rgatish, kompyuter texnologiyalari va electron dasturlari (IRBIS – ARM – Kitobxon)dan, shu jumladan an’anaviy Alfavitli va Sistemali kataloglardan mohirona foydalana olishni o’rgatishdan iborat. ARM xodimlari – F. T. To’xtayeva va N. Yu. Milichenkova ma’ruzalarni taqdimot asosida olib bormoqdalar, talabalarni TIQXMMI ARM tarixi, asosiy bo’limlari, foydalanish qoidalari bilan tanishtirib o’tmoqdalar. Shu bilan bir qatorda fakultetlar bo’yicha talabalarning kutubxonaga a’zoligini uyushtirmoqdalar. Amaliy mashg’ulotlarda talabalar kerakli adabiyotlarni electron va an’anaviy kataloglardan mustaqil  ravishda qidirish bo’yicha amallarini  bajarib, o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olmoqdalar.

АРМ директори в.б. М. Ахмедова