Talabalar ilmiy izlanish sari

Institutimizda ta’lim, ilmiy tadqiqot hamda innovatsiya integratsiyasini yanada rivojlantirish, uni yangi bosqichga ko‘tarish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, muhtaram prezidentimizning 19-sentyabr kuni suv resurslarini boshqarish tizimini isloh qilish va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishlarida ta’kidlab o‘tilgan yosh olimlarning ilmiy ishlanmalarini amaliyotga tatbiq etish, talabalarda loyihalash ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Talaba yoshlarni soha rivoji uchun jalb qilish, ularni samarali ilmiy ijod bilan shug‘ullanishlarini ta’minlash maqsadida targ‘ibot ishlari yanada izchil yo‘lga qo‘yilmoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri 2019-yil 04-oktyabr kuni institut Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Sh.Imomov hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi xodimlari ishtirokida “Gidromelioratsiya” fakulteti 2-bosqich talabalari bilan tashkil etildi. Uchrashuv davomida talabalarga ilmiy ijodkorlik faoliyati to‘g‘risida tushunchalar berildi. Muhandis ijodi mahsuli – inson hayoti farovonligini ta’minlashga qaratilgan ixtirolar yaratish ekanligi haqida talabalarni yanada chuqur izlanishga undovchi fikrlar ta’kidlandi. Talabalar tomonidan ilmiy faoliyat, novatorlik bo‘yicha ko‘pgina qiziqarli savollar berildi va ularga hayotiy tajribalar asosida batafsil javoblar keltirib o‘tildi.

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi xodimi D.Akbarov axboroti

Institut Matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov