Markaziy Osiyo mamlakatlari Iqtisodiy Hamkorligi mintaqasidagi iqlim sug'urtasi, infratuzilma va boshqaruv loyihasi haqida ma'lumot berish, kelgusidagi ishlar bo'yicha fikr almashish maqsadida Innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar klasterida uchrashuv bo’lib o’tdi. Ushbu uchrashuv ishtirokchilarni oldindan tanishtirish uchun CAREC instituti va Innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar klasteri tomonidan tashkil etilib, “Markaziy Osiyo mamlakatlari Iqtisodiy Hamkorligi mintaqasidagi iqlim sug'urtasi, infratuzilma va boshqaruv” loyihasining natijalari va rejalari to’g’risida ma’lumotlar berildi. Manfaatdor tomonlarning iqlim o'zgarishini o'rganish va tadqiqotlariga qiziqishi ortishi bunday uchrashuvlarni ko’payishiga olib keladi. Uchrashuv, shuningdek, Markaziy Osiyodagi iqlim muammolari to'g'risida xabardorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Uchrashuvda institut rektori professor Umurzakov O’ktam Pardayevich ishtirok etib, O'zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun iqlim o'zgarishiga qarshi kurashishning ahamiyati, xususan, uning turli sohalarga ta'sir ko'rsatishi iqtisodiyot nima uchun bu tadqiqot muhim mavzuga aylandi va mintaqadagi loyiha faoliyati mavzusida ma’ruza qildilar. Uchrashuvda shuningdek, CAREC institute direktori o'rinbosari Doktor Iskandar Abdullayev, Leyptsig o'tish davri mamlakatlarida qishloq xo'jaligini rivojlantirish instituti doktoranti Otabek Umirbekov (onlayn tarzda), Xalqaro suvni boshqarish instituti ilmiy xodimi Doktor Zafar G'ofurovlar hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti doktorantlari ishtirok etishdi.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov