Joriy yilning dekabr oyi ma’naviyat va ma’rifat oyligi munosabati bilan 5 dekabr kuni QXM fakulteti rahbariyati va xotin-qizlar tashkiloti tashabbusi bilan talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Konstitutsiya – istiqlol va istiqbol kaliti” deb nomlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirga yuridik fanlar nomzodi, dotsent Sh.O.Umarova, yuridik fanlar nomzodi, dotsent G.A.Xudayberdieva, institut xotin-qizlar raisi Z.Xafizova va Institut matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozovlar tashrif buyurishdi. Davra suhbatida Konstitutsiya tarixi, mohiyati haqida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar berildi. Konstitutsiyamiz bilan bog‘liq bo‘lgan va erishilgan yutuqlarimiz haqida ham ijobiy fikrlar bo‘lib o‘tdi.
QXM yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari H.Boymatov axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozov