Ishlab chiqarishda bir kun (5+1)

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan hamkorlik aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. TIQXMMI ni “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi va Davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi “Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markazi”da kafedra filiali faoliyat olib bormoqda.

Institutning “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalariga “Atrof muhitga bo‘ladigan ta’sirlarni baholash” hamda “Kanalizatsiya va oqava suvlarni tozalash” fanlaridan amaliy mashg‘ulotlar filialning yetuk mutaxassislari tomonidan o‘tkazilyapti. Filialda amaliy mashg‘ulotlar haftasiga 3 marotaba olib borilishi yo‘lga qo‘yildi. O‘qitilayotgan fanlardan amaliy mashg‘ulotlar tugagandan so‘ng talabalar qiziqishiga ko‘ra kichik guruhlarga (4-5 tadan) bo‘linib, Markazning Oqova suvlar monitoringi va gidrobiologik nazorat bo‘limi, Tuproqning ifloslanishi monitoringi va xromatografik tadqiqotlar bo‘limi, Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar monitoringi bo‘limi, Favqulodda vaziyatlar va radiatsiya-ekologiya monitoringi bo‘limi, Ekologik standartlashtirish, metrologiya va nazorat-o‘lchov asbob - uskunalari bo‘limlarida markazning yetakchi mutaxassislari ustoz-shogird tizimi asosida mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Institut va kafedramiz nomidan ushbu amaliy mashg‘ulotlarni sifatli va qiziqarli qilib o‘tkazishda barcha sharoitlarni yaratib berganligi tufayli Markaz direktori R.X.Fayzievga, X.Asilbekovaga, Sh.Usmonovaga o‘z minnatdorchiligi bildiradi.

TIQXMMI matbuot xizmati