Bahs-munozaraga boy jamoaviy o‘yinlarni talabalar hayotida ko‘paytirish katta ahamiyat kasb etadi. Jamiyatimizda shakllanadigan kadrlarni mustaqil, sog‘lom fikrlovchi faol yoshlar qilib tarbiyalash va rag‘batlantirish muhimdir. Institut yoshlarining keyingi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish maqsadida 2018-yil 6-dekabr kuni TTJ-3 da “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti Mardiyev Shaxboz hamda tarbiyachi pedagog Xaitova Aziza tomonlaridan tashkillashtirilgan “Zakovat bilimdonlari” intellektual o‘yinlarini final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Final bosqichigacha saralanib kelingan 6 ta jamoa ya’ni “Strategiya”, “Yoshlar”, “Yuksalish”, “Ekologiya”, “Kreativ” hamda “Irrigator” jamoalari bahs olib borishdi. Intellektual o‘yinni haqqoniy hamda qiziqarli bo‘lishi uchun hay’at azolari TTJ direktori Z.Yuliyev, “Irrigatsiya va melioratsiy” kafedrasi assistenti D.Yulchiyev hamda “Ingliz” tili kafedrasi mudiri F.Begovlar jamoalarni baholab borishdi. 15 ta savoldan iborat bo‘lgan intellektual o‘yinda jamoalar o‘z bilimlarini yana bir bor sinab, oliy o‘rin uchun bor mahorat va bilimlarini namoyon qilishdi.
Hay’at azolarining umumiy hisobda baholagan ballari bo‘yicha 3-o‘rinni “Yoshlar” jamoasi, 2-o‘rinni “Yuksalish” jamoasi hamda 1-o’rinni “Irrigator” jamoasi egallashdi. Tadbir so‘ngida g‘olib jamoalar munosib sovg‘alar bilan taqdirlandi.
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti Sh.Mardiyev axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov