Injenerlik geodeziyasi fanidan o'quv amaliyoti boshlandi

Institutimizning 2019-2020 - o'quv yilini o'quv jarayoni grafigiga asosan talabalarning o'quv amaliyotini o'tkazish maqsadida “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti 2 -  bosqich talabalarining Injenerlik geodeziyasi fanidan 2019 - yil 7-oktyabrdan 13-oktyabrgacha institutimizning O'quv ilmiy markazida o'quv amaliyoti tashkil etildi. O'quv amaliyotini o'tkazishda “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi mudiri R.Oymatov va professor-o'qituvchilari birgalikda institutimizning O'quv ilmiy markaziga tashrif buyurishib talabalar bilan o'quv amaliyoti jarayoni qay tarzda olib borilishi va amaliyot davrida texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish va o'quv amaliyoti hisobotlari qanday tayyorlanishi haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Amaliyot davrida talabalar o'rtasida sport musobaqalari o'tkazish ko'zda tutilgan.

 “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi o'qituvchisi O'tkir Islomov  axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov