Munozara-debat o'yinlari bir necha yildan buyon ko'plab yoshlarning tarbiyalanishiga ko'mak berayotgan loyihalardan biri sifatida ahamiyatlidir. Bu loyiha qat'iy fuqarolik pozitsiyasiga ega, keng dunyoqarashli, mustaqil fikrli yoshlarni tarbiyalamoqda! Shu kabi foydali, amaliy ishlarni davom ettirish maqsadida 27 - aprel kuni “Iqtisodiyot va menejment” fakultetida “Munozara-2018” o`yinlari start olgan edi. Kuni kecha ushbu o`yinlarning 1-turi yakunlandi.
Unda 101-guruhning “Kelajak iqtisodchilari”, 102 - guruhning “Status”, 108 - guruhning “Creative”, 103 - guruhning “Auditorlar”, 207 - guruhning “No comment”, 201 -guruhning “Aristokratlar”, 301 - guruhning “Iqtisodchi”, 302 - guruhning “Taraqqiyot” jamoalari A va B guruhga bo`lingan holda berilgan mavzuning tasdiq va inkor pozitsiyalarida bahslashdilar. Mavzu ham sohaga oid: “Ekologik muammolar iqtisodiy muammolardan ustun”. Deyarli barcha jamoalar debyutant bo`lganligi bois ularga institutimizning Munozara o`yinlar bo`yicha tajribali talabalari, jumladan Normurodov Shahzod, Ozodov E`zoz va boshqalar tomonidan hafta davomida treninglar o`tkazildi. O`yinlar fakultet yoshlar ittifoqiga ajratilgan xonada o`tkazildi va bu debatga yanada yaxshi muhit yaratishga yordam berdi.
Natijalarga kelsak, juftlik bahslarida “Iqtisodchi”, “Taraqqiyot”, “Auditorlar” va “Status” jamoalari g`olib bo`lib 3 ochkoni qo`lga kiritishdi.
2-tur bahslari esa “Gumanitar fanlar aniq fanlardan muhim” mavzusi doirasida 4 - may kuni soat 09:30 va 10:30da B bino 108 va 109 xonalarda o`tkaziladi.
BARCHANGIZNI USHBU INTELLEKTUAL BAHSLARGA TAKLIF ETAMIZ!
“Iqtisod va menejment” fakulteti yoshlar ittifoqining boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Muxlisa Raxmatova axboroti,
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov