O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqining faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi PF-5106-sonli Farmoni va 2017-yil 18-iyuldagi “O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3138-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston yoshlar ittifoqining “O’zbekgidroenergo” AJ BT yetakchisi B.Umirov va institut yoshlar yetakchisi A.Berdimurodov tashabbusi bilan “Gidrotexnika qurilishi fakulteti rahbariyati” ko’magida bir guruh fakultet faol yoshlari Toshkent viloyatidagi suv omborlari, qurilayotgan obyektlarning qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida 1 kunlik tanishtiruv amaliyoti tashkil etildi.
Tashrif davomida talabalar o’zlarining qiziqtirgan yo’nalish va o’z sohalari bo’yicha inshootlarni yaqindan ko’rish, kuzatish hamda o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishga muvaffaq bo’lishdi.
Ushbu 1 kunlik tanishtiruv amaliyotini tashkil etishda yaqindan ko’mak bergan “O’zbekgidroenergo” AJ va fakultet ustozlariga talabalar nomidan rahmat aytamiz.
Institut yoshlar ittifoqi “Yoshlar media klubi” rahbari Ulug’bek Manzirboyev ma’lumoti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov