Yaponiyaning “Goi tinchlik jamg’armasi” (The Goi Peace Foundation) Yaponiya ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi YUNESKO ishlari bo’yicha Yaponiya Milliy komissiyasi ko’magida yoshlar o’rtasida “2030 yilda o’zimdan maktub” (A Letter from Myself in 2030) mavzusidagi eng yaxshi insho yozish xalqaro tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov ishtirokchilari o’z insholarini tashkilotchilarning manzili (International Essay Contest c/o The Goi Peace Foundation 1-4-5 Hirakawacho, Chiyoda-ku, Tokyo 102-0093 Japan) yoki (www.goipeace.or.jp) va quyidagi elektron pochta (e-mail: essay@goipeace.or.jp) orqali on-line tarzida taqdim etishlari kerak.
Insholarni on-line tarzda taqdim etishning oxirgi muddati – 2020 yil 15 iyunga qadar.
Tanlovning bosh sovrini: 100 ming yen (taxminan 950 AQSh dollari) va 2020 yil noyabr oyida taqdirlash marosimida ishtirok etish uchun Yaponiyaga sayohat.
Tanlov to’g’risidagi batafsil ma’lumot quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: https://www.goipeace.or.jp/en/work/essay-contest/