O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi tomonidan alohida tasdiqlangan rejasiga asosan, joriy yilning 28 sentyabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Yer resurslarini boshqarish” fakultetida “Yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash profilaktikasi va yo‘l transport hodisalarining oldini olish” mavzusi bo‘yicha talaba yoshlar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Toshkent shahar IIBB YHXB Ma’muriy amaliy bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik S.A.Kabulov, fakultet dekani, dekan o‘rinbosarlari, professor o‘qituvchilar, hamda talabalar ishtirok etishdi. Tadbirni fakultet dekani Z. Muqimov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
So‘ng Toshkent shahar IIBB YHXB Ma’muriy amaliy bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik S. A. Kabulov yo‘llarda harakat xavfsizligining oldini olish uchun, nimalarga rioya qilish kerakligi haqidaso‘zladi. Shuningdek, videoroliklar orqali talaba yoshlarga tushunchalar ham berib o‘tildi.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov