Inson xotirasi aziz va muqaddasligini uning ezgu ishlariga, vatan va xalq uchun yetkazgan manfaatlari bilan bog‘liq holda his etish o‘rinlidir. Yurt tinchligi va osoyishtaligi hamda taraqqiyotiga mas’ul bo‘lgan Islom Karimovning nomini abadiylashtirish borasida harakatlar e’tiborga molikdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 27 noyabrdagi PQ-3404-sonli O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari institutining “Gidromelioratsiya” fakulteti 1-bosqich talabalari joriy yilning 30 yanvar kuni “Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy memorial majmuada Birinchi Prezidentimiz sharafiga qad ko‘targan haykal poyiga gul qo‘yishib ta’zim bajo keltirishdi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning ona Vatan mustaqilligi, el-yurt ravnaqi yo‘lidagi ulkan tarixiy xizmatlari aks etgan ko‘rgazma talaba-yoshlar qalbida vatanga muhabbat hissini yana bir bor jo‘sh urishiga zamin yaratdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
“Gidromelioratsiya” fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari X.Tuychiev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov