Aqliy o‘yin

Intellektual salohiyatga ega bo’lgan avlod vatan ravnaqiga xizmat qilishi muqarrardir. Shuning uchun ham ularning intellektual salohiyati muhim muammolardandir. Bu yo’lda timisiz izlanish va turli usullarni istifoda etish maqsadga muvofiqdir.

2018 - yil 6 - aprel kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi Javlonbek Qutlimurotov  8-qavat talabalarida 9 aprel sohibqiron Amir Temur tavalludi kuni munosabati bilan “Zakovat” intelektual o‘yini o‘tkazdi. Savol va javoblar ana shunday mazmunda bo’ldi.

Milliy davlatchilikning tiklanishi xalqimiz taqdirida mislsiz ahamiyat kasb etdi. O‘zligini anglashga bel bog‘lagan har bir xalq va millat avvalo, buyuk ajdodlari, siyosiy, harbiy arboblari va ulug‘ allomalarining mamlakat, qolaversa, jahon tarixida tutgan o‘rni, xizmatlarini e’zozlashni o‘rniga qo‘yadi, boshqalarga ham uni e’tirof etadi.

Biz tutgan bu yo‘l buyuk sohibqiron Amir Temur, Ahmad Yassaviy, Mirzo Ulug‘bek, Iso at-Termiziy, Imom al-Buxoriy, Ahmad Farg‘oniy, Najmiddin Kubro va boshqa allomalarimizning tavallud topgan sanalarini nishonlashda o‘z isbotini topdi. Ulardan biri Buyuk davlat arbobi, sarkarda, sohibqiron ulug‘ bobomiz Amir Temur ko‘hna shahar Shahrisabzga qarashli Hoja  Ilg‘or qishlog‘ida 1336 - yil 9 - aprel kuni tug‘ilgan. Otasi Tarag‘ay Bahodir Markaziy Osiyoning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta nufuzga ega bo‘lgan barlos qavmidan chiqqan o‘rtahol beklardan bo‘lib, Chig‘atoy xonlaridan Qozonxon (1338-13460) lashkarida xizmat qilardi.

Onasi Takina begim ham naslu nasab jihatdan aslzodalar jumlasidan edi. Amir Temurning yoshligi haqida ma’lumotlar kam uchrasa-da, ayrim manbalarga qaraganda, u yoshligida xat-savod chiqarib, o‘z davrining tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, me’morchilik va tarix ilmlarini o‘rgangan.

 

4 - TTJ tarbiyachi-pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti,

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.