Elektron kitob ko'rgazmalari

Taniqli adib, mohir tarjimon Mirzakalon Ismoiliy tavallud topgan kuniga bag’ishlangan

ELEKTRON KO’RGAZMA

(1908-1986)

Mirzakalon Ismoiliy

hayoti va ijodi

Taniqli adib, mohir tarjimon Mirzakalon Ismoiliy 1908 yil 15 oktyabrda Qirg‘izistonning O‘sh shahrida dunyoga keldi. Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng u bolalar uyida tarbiyalandi. Toshkentga kelib, Erlar bilim yurtida ta’lim oldi. 1928— 1930 yillarda O‘rta Osiyo Davlat universitetining Sharq fakultetida o‘qidi, o‘qituvchilik qildi. Toshkent kinostudiyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, «Qizil O‘zbekiston», «Sharq yulduzi» muharririyatlarida hamda O‘zbekiston Davlat nashriyotida xizmat qildi. U rus adabiyoti namoyondalaridan M. Yu. Lermontov, L. N. Tolstoy, A. P. Chexov, M. Gorkiy, M. A. Sholoxov kabilarning 200 dan ortiq asarlarini hamda jahon adabiyoti namunalaridan ko‘plarini o‘zbek tiliga o‘girdi. Uning tarjimalari o‘zbek tilining rivojlanishiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Yozuvchining 1927 yilda bosilgan «8 Mart» pesasida o‘zbek xotin-qizlarining ozodlik uchun kurashi aks etgan. U 1942—1947 yillarda Armiya safida xizmat qilib, fashizmga qarshi kurashda jonbozlik ko‘rsatgan. Adib urushdan keyingi yillarda yaratilgan «Farg‘ona tong otguncha» (1958, 1967) trilogiyasida Oktyabr to‘ntarilishi arafasidagi o‘zbek mehnatkashlarining og‘ir hayoti va ma’rifat sari intilishini tasvirladi. Roman o‘zining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari bilan 60-yillar o‘zbek nasri ravnaqiga munosib hissa qo‘shdi. M. Ismoiliy Bizning roman» (1962), «Inson husni» (1969) va «Odamiylik qissasi» (1972), «Qizlar daftariga» (1980), «O‘zingdan ko‘r» (1986) asarlarida yoshlar axloqi, oilada totuvlik va o‘zaro hurmat masalalari haqida fikr yuritilgan. U 1986 yil 5 mayda Toshkent shahrida  vafot etgan.