Axborot texnologiyalar markazi

Markaz rahbari

Qilichov Sharafiddin Mirzaevich

Tel.71- 237-19-24, 90-322-09-34

Email: atm@ tiiame.uz

 

 


Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Axborot texnologiyalari markazi o‘z faoliyatini 1993 yilda boshlagan.  Axborot texnologiyalar markazining (ATM) tasarrufida Axborot tizimlarini joriy etish, Tarmoqlarni boshqarish, Texnik qo‘llab quvvatlash, Axborot havfsizligini ta’minlash bo‘limlari faoliyat olib boradi.

Markazning asosiy vazifasi institut o‘quv va ma’muriy boshqaruv jarayoniga axborot kommunikatsion texnologiyalarni tadbiq etish va ulardan foydalanish bo‘yicha boshqaruv-nazorat ishlarini olib borishdan iborat.

Markaz faoliyati haqida

Markaz institut o‘quv, ilmiy, ma’muriy va xo‘jalik xizmati jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish tashkillashtiradi. Institut axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi. Institutga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiya vositalarini sotib olish bo‘yicha takliflar kiritish, joriy etish, foydalanish, loyihalashtirish hamda rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi. Institutda yagona axborot xavfsizligi siyosatini yuritadi. Institutda tarmoq va tarmoq qurilmalari xavfsizligini va doimiy ishchi holatda bo‘lishini nazorat qiladi.

Markazning asosiy vazifalari:

- institutda tarmoq administratorligi va tarmoqqa kirishni nazorat qilish, institut rasmiy veb-sayti, serverlari, axborot resurslari xavfsizligini va doimiy ish faoliyatida bo‘lishligini ta’minlash;

- institut ko‘p darajali telekommunikatsion tarmoqlari xamda texnik vositalarni xavfsizligini va sifatli ishlashini ta’minlash, shuningdek monitoringini yuritish;

- o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha Moodle masofaviy o‘qitish tizimi va multimediali ta’lim resurslarini texnik jixatdan qo‘llab-quvvatlash;

- institut tarkibiy bo‘linmalarini multimedia vositalari va texnika vositalari bilan jixozlash, sotib olish bo‘yicha takliflar kiritadi.

- institutda foydalaniladigan texnik vositalarni modernizatsiya qilish ishlarini tashkil etish.

- institutda axborotlashtirish va texnik vositalar bilan bog‘liq tovar va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha korxona, tashkilotlar bilan shartnomalarni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirish va shartnomalar tuzishda ekspert sifatida ishtirok etish.