Erasmus+ BioEcUz loyihasining kordinatorlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Buxoro davlat universiteti hamda Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, Latviya hayotiy fanlar va texnologiyalar universiteti, Litvaning Videmaus universiteti, va Finlandiyaning Yuviskalьe amaliy fanlar universiteti vakillari ishtirok etishdi. Loyiha koordinatori Irina Kulitane kelgusi oylardagi vazifalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, mart, aprel va may oylarida bo‘lib o‘tadigan pedagogik texnologiyalar, aprel oyida ToshDAU Samarqand filialida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Bioiqtisodiyot forumi va uning tashkiliy masalalari haqida muhokama qilindi.
Shu bilan birga, yangi o‘quv yilidan boshlab, har bir universitetga magistratura uchun nomzodlarning qabuli masalasida o‘zaro kelishib olindi.