2018 yil 9 aprel kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyida “Gidromelioratsiya” fakulteti “Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchilari Dilfuza Madazizova va Shoxida Raupova xamda tarbiyachi pedagog Javlonbek Qutlimurotovlar Amir Temur tavalludining 682 yillik tavalludiga bag‘ishlangan “BUYUK SARKARDA” mavzusida tadbir o‘tkazishdi.
Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336 yil 9 aprelda Kesh (Shahrisabz) viloyatining Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamo-yu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan.
Amir Temurning yoshligi haqida ma’lumotlar kam uchrasa-da, ayrim manbalarga qaraganda, u yoshligida xat-savod chiqarib, o‘z davrining tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, me’morchilik va tarix ilmlarini o‘rgangan.
Amir Temur bilan suhbatlashish sharafiga muyassar bo‘lgan buyuk arab faylasufi Ibn Xaldun jahongir turk, arab, fors xalqlari tarixini, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarning murakkab jihatlarigacha yaxshi o‘zlashtirganini ta’kidlaydi.
Buyuk ajdodimiz – Sohibqiron Amir Temur nafaqat o‘zbek xalqining, balki adolat deb yashagan, yashayotgan, yashaydigan insoniyatning qalbidan chuqur joy olgan, balki butun dunyoda uning harb ilmidan, taktikasidan hozirda ham foydalanishadi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Amir Temur shaxsiga hurmat, Sohibqiron bobomiz va temuriylar davrini qaytadan kashf qilish borasidagi ishlari tahsinga loyiq. Amir Temur davrining nafaqat O‘zbekiston, balki dunyo xalqlari davlatchiligida tutgan o‘rnining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish, bu jihatlarning yoshlarimiz hayotidagi tarbiyaviy ahamiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Tadbirda Amir Temur hazratlarining tug‘ilish, bolalik va balog‘at yoshidagi hayotidan, vatanini bosqinchilar zulmidan ozod etish, davlatchilik asoslari, mamlakat boshqaruvidagi eng muhim falsafiy jihatlar, bobomiz tug‘ilib, voyaga yetgan qishloqqa ilk bor kelib turgan xorijlik sayyohlar haqidagi ma’lumotlardan talabalar bahramand bo‘lishdi.
Tadbir juda qiziqarli va mazmunli tarzda o‘tdi.
4 - TTJ tarbiyachi-pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti,
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov