Tugab borayatgan 2018 yilning so`ngi kunlarida ya`ni 30-dekabr sanasida Xitoy Xalq Respublikasidagi 33 mingdan ziyod talabani o`z “bag`riga” sig`dira oladigan Hohai universitetida “Marafon” yugurish musobaqasi tashkil etildi. Ushbu marofonda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining bakalavr bosqichini tamomlab, grant asosida Hohai Universitetining magistratura bosqichiga qabul qilingan talabalar ham ishtirok etdilar
Ushbu marofon Hohai Universitetining Halqaro maktabi (International school) tomonidan tashkil etilib, unda jami bo`lib 1000 ga yaqin universitet talabalari ishtirok etdilar. Marofon yugurish masofasi olti ming metrni tashkil etib(6 km), universitetning “Jiangning campus”i hudidada o`tkazildi. Ro`yxatdan o`tgan 900 dan ziyod talabalarning 20 nafari uchun (qizlar jamoasi uchun alohida) yutuqli sovrinlar qo`yilgan bo`lib, ushbu sovrinlarni qo`lga kiritish uchun ishtirokchilar murosasiz raqobat olib borishdi.
Marofon yakunlari boyicha o`g`il bolalar o`rtasida har uchala faxrli o`rinlarni Xitoylik talabalar qo`lga kiritishdi. Quvonarlisi, O`zbekiston nomidan ishtirok etgan uchala yuguruvchilar ham sovrinli 20 joydan o`rin olib, munosib ravishda 9, 13,17-o`rinlarni band qilishdi.
Shu o`rinda TIQXMMI talabalaridan tashkil topgan hozirda Hohai universitetida Magistratura bosqichida tahsil olayotgan “Swallows” jamoasi TIQXMMI barcha o`qituvchi va talabalarini kirib kelayotgan yangi 2019 yil bilan tabriklab, o`qish va ishlarida zafarlar tilab qoladi.
Axborot beruvchi: “Swallows” jamoasi sardori J.Ergashev