O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017-yil 30-iyun kuni o'tkazilgan Qurultoyida, O'zbekiston Yoshlar ittifoqini tashkil etish va aynan shu sana 30-iyun Yurtimizda "Yoshlar kuni" sifatida nishonlanishini ta'kidlab o'tgan edi. Shu maqsadda, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti faol yoshlari, fakultet yetakchilari jamoasi tomonidan online konferensiya orqali, oldin shu tashkilotda mehnat qilib hozirda ham turli sohalarda faoliyat olib borayotgan Faxriy yoshlar bilan online uchrashuv tashkil etildi. Online uchrashuv ochiq tarzda bo'lib o'tdi, bunda Institutimiz rahbariyati, professor o'qituvchilari, talaba yoshlar, Magistrantlar, yoshlar ittifoqi faollar jamoasi ishtirok etishdi.
Bunday konferensiya uchrashuvlaridan maqsad aynan shu sohada muqaddam faoliyat yuritgan, tizimni shakillantirishda o'z hissasini qo'shgan tajribali mutaxassislardan takliflar, maslahatlar va strategik yo'nalishlar berishi maqsad qilib olingan. Konferensiyani Institutimiz Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Ruzimurat Choriyev ochib yoshlarga o'z tavsiyalarini berib o'tdi. Shu qatorda institut Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi sifatida ko'p yillik tajriba ega Alimov Uchqun ham, o'z tajribasidan kelib chiqib ko'plab kerakli tavsiyalarni berib o'tdi. Yoshlarda albatta mustaqil fikr, erkin gapirish, tanqidiy va tahliliy g'oyalarini ochib berishda Notiqlikning ulkan o'rni mavjud, shunday tajribalarni ulashish maqsadida Notiqlik san'ati akademiyasi direktori Rahimboy Jumaniyozov yoshlarga o'z tajribasini ulashdi. Shu qatorda o'z tengdoshlariga bayram tabrigini yo'llash maqsadida ko'plab talaba yoshlar so'zga chiqdi. Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, institutimiz faxriga aylangan "O'zbekiston belgisi" ko'krak nishoni sohibi Akmal Berdimurodov ham maqsadlariga erishishdagi strategik yo'llarini va pirovard maqsadga erishish yo'llarini baham ko'rdi. Konferensiyani tashkil qilishda har doim yoshlarni qo'llab-quvvatlab turgan institutimiz rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz.