2020 yil «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish» yilida institutda ta’lim va ilmiy faoliyatlarda bosqichma-bosqich raqamlashgan texnologiyalarga o‘tish rejalashtirilgan. Joriy yilning 24 fevralida rektor O‘.Umurzakov tomonidan beshta kafedra: Iqtisodiyot, E va SRB, Geodeziya va geoinformatika , Traktor va avtomobillar, Eko GIS markazini elektron kafedraga aylantirish bo‘yicha «yo‘l xarita» tasdiqlandi. Uning ijrosi bo‘yicha 29 fevral kuni prorektorlar, O‘MB boshlig‘i va masul kafedralar mudirlari ishtirokida forms.google.com tizimidagi dasturdan foydalanish bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Seminarda prof. A.Karimov forms.google.com dasturiy tuzilmasida o‘qtuvchini talabalar bilan tezkor ishlash, mavzularni o‘zlashtirish darajalarini tezkor bilish va talabalarning fanni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarni oshirish imkoniyatlarni mavjudligini amaliy taqdimot qildi.
Google forms o‘qtuvchi va talabalar o‘rtasida tezkor bir qancha ma’lumotlarni tekst, test, rasm, savol-javoblar kabi ko‘rinishdagi jarayonlarni amalga oshirish imkoniyatiga, ma’lumotlarni, vazifalarni telegram, elektron pochta va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali uzatish imkoniyatiga ega.
TIQXMMI matbuot xizmati