2018 yil 4 may kuni institut rektori O‘.P.Umurzakov ilmiy darajalarini (PhD va DSc) olish bo‘yicha doktorant va izlanuvchilar bilan uchrashdi. Shuningdek, uchrashuvda Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor T.Sultanov, Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy – pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i S.Isayev va fakultet dekanlari ishtirok etdilar.
Uchrashuvdan maqsad PhD va DSc ilmiy darajalarini olish bo‘yicha har bir doktorant va izlanuvchilarning ilmiy faoliyatlarini monitoringdan o‘tkazishdan iborat bo‘ldi. Ishtirokchilarning doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha bajarilgan ishlar hajmi aniqlab olindi. Muhokamalardan so‘ng, rektor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim keyingi ta’limning innovatsion modelini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori loyihasi bilan tanishtirib o‘tdi hamda dissertatsiyani bajarish va uni himoyasini tezlashtirish masalasini qo‘ydi. Yosh olimlar o‘zlarining dissertatsiya ishlarini bajarish bo‘yicha kerakli istaklarini berib o‘tdilar.
2017 – 2018 yil davrida PhD va DSc ilmiy darajalarini olgan institut xodimlari rektor tomonidan tantanali ravishda tabriklandi.