Dolzarb mavzudagi ma’ruza

22 dekabr kuni 08:30 da “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti q.x.f.n. Abduvoxid O‘rozkeldiev 3 kurs 1,2,3 -guruh talabalariga “Tuproqning botqoqlanish va sho‘rlanish sabablari. Sho‘rning o‘simlikka ta’siri, sho‘rlanishning xillari va turlari” mavzusida ochiq ma’ruza mashg‘ulotini taqdim etdi.

Ochiq ma’ruzaga “Tuproq bokitirovkasi” tashkiloti xodimlari Muxabbat Mirzaboeva va Mukarrama Mamatmurodova, “O‘zsuvloyiha” Aksiyadorlik jamiyati Nurbek Isaboev, “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi mudiri va a’zolari hamda institut O‘quv metodika boshqarmasi xodimi Maftuna Toshevalar ishtirok etishdi.

 

O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti: Maftuna Tosheva axboroti
Institut matbuot kotibi: Rahimboy Jumaniyozov