Dunyodagi eng katta “Relefli globus” uzra olamga sayohat

YeF va YeK fakulteti 4-kurs talabalari 23.02.2018 yil kuni katta o‘qit. S.N.Abduraxmonov boshchiligida O‘zbekiston Milliy Universitetida joylashgan, professor H.Hasanov tashabbusi bilan yaratilgan dunyodagi eng katta Relefli globus (Masshtab 1:7 000 000) haqida tasavvur hosil qilish va “Geografik kartalarni tuzishdagi muammolarni yechishda asosiy manbalardan biri globus” mavzusida muammoli ko‘chma ma’ruzani tinglash uchun tashrif buyurdilar.

Muammoli ma’ruzada professor H.Xasanov shogirdlari dos. Muxammadaliev Ravshan, professor o‘qituvchilar talabalarga globusni yaratilish tarixi, geodeziya, kartografiya va kadastr sohalarini mukammal egallashda relefli globusning o‘rni haqidagi ma’lumotlar berildi.

  

O‘tkazilgan ma’ruzada O‘zMU dekani muovini hamda professor-o‘qituvchilari va TIQXMMI katta o‘qit. S.N.Abduraxmonov, YeF va YeK fakulteti 4 - kurs talabalari ishtirok etishdi.

 

                     “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi

                       katta o‘qit. S.N. Abduraxmonov ma’lumoti