“Elsevier” platformasida ilmiy maqolalar tayyorlash va ilmiy maqolalarni xorijiy jurnallar talablariga mos rasmiylashtirish mavzusida seminar

19 aprel kuni soat 15-00 da tayanch doktorantlar Sh. Axmedov, D. Achilova va R. Fayzullayevlarning tashabbuslari bilan ma’ruzachi F.Sh.Fayziev ishtirokida “Elsevier” platformasida ilmiy maqolalar tayyorlash va ilmiy maqolalarni xorijiy jurnallar talablariga mos rasmiylashtirish mavzusi bo‘yicha TIQXMMIning “B” binosining 112 - auditoriyasida seminar o‘tkaziladi.

Ushbu ilmiy seminarga barcha fakultetlarning o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, magistrantlari va iqtidorli talabalari taklif etiladi.

Seminar davomida ilmiy-maqolalarni tayyorlash va chop etish bo‘yicha fikr yuritiladi, seminar interaktiv usulda o‘tkaziladi!

Seminar tashkilotchilari tayanch doktorantlar: Sh. Axmedov, D. Achilova, R. Fayzullayev.