2018 yil 28 aprel kuni «Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish» kafedrasida O‘zRFA “Fizika-quyosh” IIIB “Fizika–Texnika” institutining ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari f-m.f.d Gulyamov Abdurasul Fofurovich tomonidan “Gidrotexnika qurilishi” fakultetining “Irrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanish” ta’lim yo‘nalishi 1 bosqich talabalariga B-o‘quv binosining 304 - xonasida soat 15:00 «O‘zbekiston Respublikasida noana’naviy va qayta tiklanuvchi energiya manbaalaridan foydalanishdagi ba’zi muammolar» mavzusidagi ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.
Ochiq ma’ruzada qatnashuvchilarga hozirgi kunda dunyoda qo‘llanib kelinayotgan quyosh elektrostansiyalari, quyosh kollektorlari, shamol elektrostansiyalari, geotermal energiya, to‘lqin elektrostansiyalari, ularni O‘zbekistonda qo‘llash bo‘yicha uchrayotgan muammolar va yechimlari hamda hozirgi kunda Respublikamizda keng ko‘lamda qurilish-loyiha ishlari olib borilayotgan kichik GESlar bo‘yicha qiziqarli ma’ruza bo‘lib o‘tdi. Ochiq ma’ruza qizg‘in bahslar asosida bo‘lib o‘tdi.
“SE va NSF” kafedrasi assistenti J.Rashidov axboroti