G‘amxo‘rlik tuyg‘usi

Ko‘ngil shodligi aslida, ko‘ngil obodligi bilan bog‘liq. Atrofni obodonlashtirish, keksalarga, faxriy insonlarga mehr ko‘rsatish xalqimizning azaliy urf-odatlaridan biridir. O‘tkazilgan ko‘chat va uning daraxtga aylanib beradigan soyasi va mevasidan bahramand bo‘lishning xosiyati ko‘p.

“YeF va YeK” fakultetining 2 kurs 1 guruh talabalari guruh rahbari Oymatov Rustam Kamariddinovich rahbarligida Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati hududida obodonlashtirish ishlarini olib borib, manzarali gullar va mevali daraxtlar ekishdi.

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi dotsenti Rustam Oymatov axboroti,

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.