Intellektual salohiyatni shakllantirishda shashka va shaxmatning o‘rni ayricha bo‘lgan. Uzoq tarixga ega bo‘lgan bu musobaqaviy o‘yin insoniyatning ijtimoiy tafakkuri tarixida alohida rol o‘ynaganiga shubha yo‘q.
2018 yil 3-aprel kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari” instituti 4-sonli talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi Javlonbek Qutlimurotov 4-5-6-qavat talabalari o‘rtasida sportning shashka-shaxmat turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazdi.
Sportning shaxmat turi bo‘yicha S. Ollamjanov, shashka turi bo‘yicha F. Abramovlar g‘olib bo‘lishdi.
Tadbirni o‘tkazishda ko‘zlangan maqsad talabalarning bo‘sh vaqtlarini samarali va mazmunli o‘tkazish edi. Maqsad to‘la amalga oshganligini e’tirof etish g‘oyat maroqlidir.
4–TTJ tarbiyachi-pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti,
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.