Hadis ilmining sultoni

Hadis - hayotning  bezagi, inson qalbining ziynatidir. Uni o‘qib, o‘qish orqali o‘rganish hayotning va yurtning qadriga yetishni, shukronalik hissini qalbda tuyishni o‘rgatadi. Qalbdagi qanoat hissi hayotsevarlik tuyg‘usi hamda o‘zaro munosabatlardagi samimiylikni ifoda etadi. Hadisshunos inson chinakam olim va valiyullohdir. Imom Buxoriy hazratlariga bu fikrni nisbat qilish o‘rinlidir.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Gidromelioratsiya” fakulteti dekani A.Fatxullaev, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, X.To‘ychiev, fakultet xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisasi D.Madazizova, hamda fakultet Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti raisi S. Vapaev va fakultetning iqtidorli talabalari ishtirokida joriy yilning 6 aprel kuni 4-ma’ruzalar zalida “Hadis ilmining sultoni” Imom Al-Buxoriy sharafiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Oradan asrlar o‘tsa-da, Imom Al-Buxoriyning ma’naviy merosi eskirmaydi, ul zotni o‘rganganingiz sari yangi-yangi ma’nolar kashf etib boraverasiz. Tadbirda fakultetning faol yoshlari A.Zokirjonov, N.Iskandarova, Sh.Maxmudov, S. Ravshanov, S. Imomalieva, K.Jumanazarovalar o‘z chiqishlari bilan ishtirok etib, buyuk bobokalonimizning hayoti va ijodi, yaratgan asarlari haqida ma’lumotlar berib, allomaning ijodidan namunalar keltirishdi.

  

GM fakulteti dekan o‘rinbosari X.Tuychiev axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.