2018 yil 8 iyun kuni Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida 4-sonli talabalar turar joyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risidagi PQ-3716-sonli qarori ijrosini ta’minlash haqidagi 28-sonli majlis bayonining 3-bandi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligining 2018-yil 30-maydagi 87-04-924-sonli xat ijrosini bajarish maqsadida talabalar turar joyi mudirasi Dilfuza Aminova, tarbiyachi pedagog Javlonbek Qutlimurotov tashabbusi bilan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman bosh imom xatibi Esanov Erdon Asrorovich bilan hamkorlikda "Islom va ilm" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Ma’naviyat xonasida Ro‘zador talabalarga iftorlik tashkil qilindi.
Davra suhbati davomida Esanov Erdon Asrorovich talabalarga dinimizni e’zozlash, hozirgi tinch va osuda hayotimizning qadriga yetish, odamlarni bir-biriga yaxshilik qilishga, ahil va hamjihat bo‘lib yashashga da’vat etadigan, yosh avlodni Vatanga muhabbat milliy va diniy qadiriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ibratomuz ma’ruzalari bilan talabalarni xushnud qilishdi.
Davra suhbatida talabalar turar joyi direktori Zokir Yuliev, “Gidromelioratsiya” fakulteti ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo‘yicha dekn o‘rinbosari Xayrulla To‘ychiev, 3-sonli talabalar turar joyi mudiri Ilxom Qurbonov, “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi dotsenti Maqsud Sarimsaqov ishtirok etishdi.
4-sonli TTJ tarbiyachi pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.