25 may 2-TTJ ma'naviyat xonasida akademik M.M.Mirsaidov, professor T.A.Mavlanov, o'qituvchilar: B.Yuldashev, B.O'rinov, Sh.Xudoynazarov, E.Toshmatov GTQ fakulteti ma'naviy marifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari Azimov Azam Ismoilovich va tarbiyachi-pedagod, psixolog Sagdullayeva Dilorom Muxiddinovna tashabbuslari bilan "Prezidentimizning yoshlarga bo'lgan e'tibori" mavzusida ma'naviyat soati bo'lib o'tdi. Akademik M.M.Mirsaidov va Professor N.A.Mavlanov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev asosiy etiborni yoshlarga qaratayotganlari haqida gapirib o'tishdi.
Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobiliyatlarini to'liq amalga oshirishga etibor berishga bog'liq bo'ladi.
Shuning uchun bu masala har doim davlatlarning uzoq muddatli rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan barcha strategiyalarda aks ettirilgan. O'zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasi ham bu borada istisno bo'lmadi. Unda alohida bo'lim davlatning yoshlar siyosatini takomillashtirishga bag'ishlangan.
Shu nuqtai nazardan, O'zbekiston Yoshlar Ittifoqini tashkil etish zarurati hayotning o'zi tomonidan belgilab qo'yildi, u tashkilotdan yoshlar hayotidagi eng dolzarb masalalarni hal qilishni talab etadi, ayniqsa uyushmagan yoshlar hayotda o'z o'rnini topishi uchun munosib sharoitlar yaratish, yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, kasb-hunarga yo'naltirish va bandligini taminlash, ularning tashabbuslarini rag'batlantirish shular jumlasidan.
O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashkil etilgan kun - 30 iyunni Yoshlar kuni sifatida e’lon qilinishi ham juda ramziydir. Sababi ushbu Ittifoq davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan davlatning yoshlar siyosatini amalga oshirishda samarali faoliyatni taminlaydigan, «Yoshlar - kelajak quruvchisi» shiori ostida professional faoliyatni amalga oshiradigan tuzilmaga aylanadi.
Bizning fikrcha, ushbu shior shubhasiz, tasodifan tanlanmagan - u O'zbekiston prezidentining davlatning rivojlanish istiqbollari haqidagi strategiyasida prinsipial yondashuvini ifodalaydi. Shavkat Mirziyoyev asosiy etiborni yoshlarga qaratmoqda.
Ta’kidlash joizki, mamlakatda ijtimoiy-siyosiy hayotda yoshlarning faolligini rag'batlantirishga qaratilgan qator aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tadbirda GTQ, QSXEA talabalari qatnashishdi.
2-TTJ tarbiyachi- pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom axboroti
Institute matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.