21 dekabr kuni institutimiz “V” o‘quv binosi 421-auditoriyasida “Oliy matematika” kafedrasi katta o‘qituvchisi Normo‘minov Baxodir Ashurovich 1 kurs 9-10 guruh talabalariga Matematika fanidan “Hosilaning ta’rifi. Hosilaning geometrik va fizik ma’nolari” mavzusida ochiq ma’ruza mashg‘ulotini taqdim etdi.
Ochiq ma’ruzaga Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy Universitet “Mexanikaning nazariy asoslari” kafedrasi o‘qituvchisi Ibodullaev Sherzod Rustamovich, “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekani Baxriddin Xasanov, fakultet dekan o‘rinbosarlari Sodiq Ro‘ziev, Ozod Xakimberdiev hamda O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Maftuna Toshevalar ishtirok etishdi.
O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Maftuna Tosheva axboroti
Institut matbuot kotibi: Rahimboy Jumaniyozov