Umum ta’limdan oliy ta’limga qadam

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetiga biriktirilgan Toshkent shahar Sirg‘ali tumani 304 – sonli umum ta’lim maktabi bilan hamkorlikda  yoshlarni  ta’lim  olishga  bo‘lgan  ishtiyoqlarini  yanada oshirishga  qaratilgan  bir  qancha  ishlar  amalga  oshirilib  kelinmoqda.

Joriy yilning 17 may kuni  Sirg‘ali tumani 304 – sonli umum ta’lim maktabining 43 nafar ilmga chanqoq biritruvchi va faol o‘quvchilari institutimizga tashrif buyurishdi va ularni institutimiz xayoti va faoliyati bilan yaiqndan tanishtirish hamda ularda oliy ta’lim muassasasida  o‘qib  ilmlarini  yanada  oshirishga  qiziqish  uyg‘otish maqsadida Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti dekani E.Farmonov va dekan o‘rinbosarlari T.Raupov hamda I.Raximovlar rahnamoligida yoshlar uchun institut bo‘ylab sayyohat uyushtirildi. Yoshlarni institutdagi mavjud imkoniyatlar va sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Ushbu o‘tkazilgan tadbir natijasida yoshlarda ilm olishga bo‘lgan ishtiyoqlari yanada oshirildi.