Ma’rifatning qudrati uning inson ongu shuuriga jo bo‘lishida. Shuning uchun ham muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoev “Ma’naviyat - eng ta’sirchan, qudratli qurolimiz”, deb ta’kidlaganlarida ma’rifatning ham tub mohiyatiga e’tibor qaratganlari bejiz emas. Inson tanasidagi vena va arterial qon aylanish tizimining o‘rni kabi ma’naviyat va ma’rifatning jamiyatda o‘rni katta.
29 mart kuni 3-TTJda talabalar bilan "Jaholatga qarshi ma’rifat" deb nomlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatining mehmoni Chilonzor tumani, Do‘mbirobod masjidi imom noibi Parmonov Amirulloh bo‘ldilar.
Ustoz bu yerda asosan talabalarga islom dining asl mohiyati xususida so‘z yuritib, Qur’oni karimdagi eng ulug‘ oyatlardan, hadislardan misollar keltirdi.
Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlari tomonidan berilgan savollarga aniq javoblar olishdi.
3-TTJ pedagog tarbiyachisi Haitova Azizaning axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov