Murabbiylik va mug'anniylik mezoni

"Ibratli, ijodkor, iqtidorli ilmparvar, iste'dodli insonlar ila Irrigatsiya institutidagi ijodiy uchrashuvlar davom etishidan mamnunmiz", - deyishadi talaba va professor-o'qituvchilar zavq-ushavqqa to'lib.

Shunday insonlar borki, ularning aksariyati kasb nuqtai nazaridan boshqa bo'lsa ham xobbisi jihatidan mashhur bo'lib elga tanilgan. Jahon tan olgan qirg'iz xalqining buyuk adibi Chingiz Aytmatovni misol sifatida ko'rsatish mumkin. O'zlari zooveterianar vrach bo'lganlari holda,mashhur yozuvchi sifatida dunyo tan olgan Chingiz Aytmatovni hammamiz yaxshi bilamiz.

Xalqimizning "Bir yigitga yetmish hunar oz"- began naqli zamirida faoliyatning serqirraligiga ishora bor. Talaba va o'qituvchilar orasida intellektual salohiyati, san'at, madaniyat va sport bobida alohida ajralib turadiganlari bor.

Institutimizda pedagogik faoliyati bilan birgalikda san'atkorligi, mug'anniyligi bilan e'tiborga molik murabbiylarimizning mavjudligi ham bizni ruhlantiradi. Ularning ayrimlari bilan tanishtirishni ma'qul ko'rdik.

Abduhakim Ahmedov - kimyo fanlari nomzodi, GM fakuteti "Fizika va kimyo" kafedrasi dotsenti.

Olimboy Rahmatullayev  - fizika-matematika fanlari nomzodi, "Yerdan foydalanish va yer kadastri" fakulteti "Oliy matematika"kafedrasining dotsenti.

Tohir Usmonov-Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalsh" fakulteti, GIM kafedrasi katta o'qituvchisi.

Mirniyozova Tamara Sultonovna - "Gumanitar fanlar" kafedrasining dotsenti, falsafa fanlari nomzodI, "Marhabo, talantlar","Kuylang, yosh xonandalar" ko'rik-tanlovlarining laureati.

Javlonbek Qutlimurotov - 4-sonli TTJ ning pedagog tarbiyachisi.

Beshovlonning tugal va bir butunligi ularning san'atga bo'lgan mehridir. Ijodkor o’qituvchilarimizning chiqishlari talabalarda iliq taassurot qoldirdi.

  

  

“Gumanitar fanlar” kafedrasining o’qituvchisi Bahriddin Muqimov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov