Institutimizda Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish va ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Mushoira davom etadi” deb nomlangan tadbir tashkillashtirildi.
Tadbirda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Q.Shavazov, shoira, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Munavvara Usmonova, “Gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Ozoda Shermuhammedova va barcha fakultetlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari hamda institutimizning ijodkor talabalari ishtirok etishdi.
Tadbirda talaba-yoshlar o‘zlarining ijod namunalaridan o‘qib eshittirdilar. Shu bilan bir qatorda ikki nafar “Gidromelioratsiya” fakulteti talabasi Qamariddin Malik hamda “Qishloq va suv xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” fakulteti talabasi Dilmurod Akbarovlarning ilk she’riy to‘plamlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Ijodkor talabalar Sarvinoz Xolova, E’zoz Ozodov, Abdumannon Saidxonov, O‘lmas Nazarov, Mirhomid Sayfiev va qator iste’dodli talabalarimiz o‘z ijod namunalari bilan barchani lol qildilar. Tadbir so‘ngida faol talabalar institut yoshlar ittifoqi kengashining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.
Talaba-yoshlar bu singari ijodiy uchrashuvlarni ko‘proq va tizimli tashkil etish lozimligini va bu kabi tadbirlar ma’naviy jihatdan har bir insonning ma’lum ma’noda komillikka yetaklashini ta’kidladilar.
Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Dilbarxon Siddiqova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov