Nafosat san’atining sohiblari

2018 yil 14 fevral kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyida “Gidromelioratsiya” fakulteti talabalari Ibroxim Isroilov, Abdullo Hoshimovlar tashabbusi bilan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur bobomizning tavallud kunlariga bag‘ishlangan “Nafosat ilmining sohiblari” mavzusidagi  davra suhbati o‘tkazildi.

“Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi o‘qituvchisi Junsaliev Dilmudod tarbiyachi pedagog Javlonbek Qutlimurotov hamda “Gidromelioratsiya” fakulteti Yoshlar itifoqi a’zosi Sardor Vapaev, Azizjon Zokirjanov, Komila Jumanazarovalar qatnashdilar.

O‘zbek  xalqi  uchun  fevral  oyi  tom  ma’noda  bayramlar  oyi  hisoblanadi. Chunki bu oyda buyuk shoir va mutafakkir, dunyo tan olgan ikki alloma, davlat arbobi va buyuk so‘z san’atkorlari bo‘lgan ulug‘  bobolarimiz Alisher Navoiy va  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  tavallud  topgan  kun  yurtimizda  keng ishonlanadi.

Ular o‘z  nomi  bilan  butun  bir  xalq,  Vatani  sharafini  mangulik  sahifasiga muhrlaydi. Shukrlar  bo‘lsinkim,  o‘zbekda  bunday  cho‘qqilar  oz  emas. Ularning biri Alisher Navoiy bo‘lsa, ikkinchisi Zahiriddin Muhammad Boburdir.

Bu  ikki  zot  jahon  adabiyotining  ulug‘  namoyandalaridan  biridir.  Ular asrlar  osha  ona  yurti  va  xalqining  bo‘yi-bastini  butun  dunyoga  ko‘z-ko‘zlab kelmoqda. Bu  ikki  buyuk  ajdodlarimizning  bizga  qoldirgan  adabiy  va ilmiy meroslaridan yoshlarimiz, nafaqat bizning yoshlarimiz, balki ularning ijodiga  katta  qiziqish  bilan  murojaat  qilib  kelayotgan  butun dunyo kitobsevarlari  o‘zlariga  ma’naviy  ozuqa  va  bebaho  durdonalar  olmoqdalar. Ularning  asarlari  bir maktabdir desak,  mubolag‘a bo‘lmas.

  

Bizning ziyo maskanimiz ham shunday daho bobolarimizning  nodir  asarlarini  o‘quvchi yoshlarimizga va  kitobxonlarga  targ‘ib  qilib,  ularning  ijodiyotidan  ilhom olish  va  bahramand  bo‘lishlari  uchun  asosiy  bilim  dargohi  vazifasini  o‘tab kelayotganini aytib o‘tish o‘rinlidir.

 4 –TTJ tarbiyachi-pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov