Navoiydan navosoz navolar

Alisher Navoiyning navobaxsh ijodiyoti necha asrdirki, avlodlardan avlodlarga o‘tib ularga ma’naviy oziq va o‘git berib kelmoqda.

2018 yil 10 fevral kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini  mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyida “Gidromelioratsiya” fakulteti,  “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi o‘qituvchi xodimlari Abduvohid O‘razkeldiev, Xurshid Lapasovlar  Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 577 yilligiga bag‘ishlab davra suhbati o‘tkazishdi.

  

Buyuk  kishilar  o‘zi  tug‘ilgan  yurtni,  millatini  o‘z mehnati,  betakror  ijodi,  jasorati  bilan  dunyoga  tanitadi.  Xalqi  va yurtining  faxriga  aylanadi.  Ular  o‘z  nomi  bilan  butun  bir  xalq,  Vatani sharafini mangulik sahifasiga muhrlaydi. Shukrlar  bo‘lsinki, o‘zbekda  bunday  cho‘qqilar  oz  emas.  Ularning  biri Alisher Navoiy bo‘lsa, ikkinchisi Zahiriddin Muhammad Boburdir. Bu  ikki   zot  jahon  adabiyotining  ulug‘  namoyandalaridan  biridir. 

 

4 –TTJ tarbiyachi pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov