Navro’z navolari

Yurti osoyishta, xalqi tinch bo’lgan jamiyatda bayramlar yarashadi, to’ylar tatiydi. Uzoq tarixi va boy an’analari bilan ajdodlarimizning suyukli bayramlaridan sanalgan navro’zi olamni nishonlash munosabati bilan turli tadbirlar o’tkazib kelinmoqda. 3 ming yildan ziyod tarixni o’z ichiga olgan Navro’z tabiatdagi go’zallik va nafosatni jamiyatga ko’chirishdek xayrli niyat bilan tashrif buyurgandek go’yo. Rizqu ro’z, olam-olam shodiyonalar bilan kirib kelayotgan Navro’z tinchlik taronasi tarzida qalblarga quvonch baxsh etarkan, yurt tinchligi va osoyishtaligining shukronasini qilish ham ayni muddaodir.

Navro’z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko’rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo’lgan o’zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg’araz yordam, mehr-muhabbat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish maqsadida respublikamiz bo’ylab keng miqyosda hasharlar o’tkazilmoqda.

2018-yilning 18-19-mart kunlari respublikamiz umumxalq xayriya hashari o’tkazilishi belgilandi. Shu munosabat bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining yoshlar ittifoqi faollari hasharda faol ishtirok etishmoqda. Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumanida joylashgan “Yalong’och  ota 2”, “Qizmozor”, “Minor” qabristonlari belgilangan hududlari obodonlashtirilmoqda. Obodonlashtirish ishlarida hammaning faolligi hamda hamjihatligi kuzatildi.

Institut yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yoshlar yetakchisi

Akmal Berdimurodov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov